O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil

         O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi yurtimizda katta tantana bilan nishonlanmoqda.

         O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi yurtimizda katta tantana bilan nishonlanmoqda. Shu jumladan 2017 yil 4 dekabrda   Seysmopronostik Monitoring Respublika markazida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirining 2017 yil “1” dekabr kunidagi 81-sonli buyrug‘iga asosan “8 dekabr-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan ko‘p yillardan beri o‘z vazifasini sidqidildan, yuqori saviyada bajarib kelayotgan, vatanimiz ravnaqi uchun  o‘z xissasini qo‘shayotgan bir guruh  xodimlarni, ya’ni: geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi Ziyavuddinov Ramziddin Saloxiddinovich, Ma’lumotlarni kameral ishlab chiqish partiyasi boshlig‘i Xalikova Maxmuda Abdulxayevna, gidrogeseysmologiya bo‘limi yetakchi muxandisi Tursunxodjayeva Xolida G‘anixodjayevna va gidrogeseysmologiya yo‘nalishi bo‘yicha yosh umidli olim  Abdunabiyev Sherzod Abdunabiyevichlarni Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi xodimlari Vazir o‘rinbosari podpolkovnik Qudratov S.U.,  podpolkovnik Raxmonqulov B.T. va  Seysmoprognostik Monitoring Respublika Markazi boshlig‘i  Qo‘chqarov Q.I. ishtrokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 10 oktyabrdagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.

            O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga va Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi polkovnik R.M.Djurayevga Seysmoprognostik Monitoring Respublika markazi xodimlari o‘z minnaddorchiliklarini izxor etdilar.