Yangi yil bayrami

Yangi yil bayrami har yili mamlakatimizda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha zavq, o‘zgacha shavq bilan kutib olinadi.

Respublika Markazida yangi yil bayrami

Yangi yil bayrami har yili mamlakatimizda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha zavq, o‘zgacha shavq bilan kutib olinadi.

Yangi yil – eski yil tugaganidan keyin boshlanadigan navbatdagi yil, ya’ni eski yilning tugashi va yangi yilning boshlanishi nishonlanadigan kundir. Bu go‘zal ayyom Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining rahbar va ishchi xodimlari tomonidan yaxshi kayfiyat va maroqli hordiq bilan nishonlandi. Yangi yil bayram kechasida markaz rahbari Q.Qo‘chqarov so‘zga chiqib, barcha xodimlarni kirib kelayotgan yangi yil ayyomi bilan samimiy muborakbot etdilar, hamda 2017 yildagi  erishilgan yutuqlarni sarhisob qildilar: 2017 yil bizning markazimiz hayotida unutilmas yillardan biri bo‘ldi. Ushbu yilda markazimizning Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibiga o‘tkazilishi natijasida faoliyatimizda yangi imkoniyatlar, qulay shart-sharoitlar yuzaga keldi. Bu o‘z navbatida, mamlakatimizda  seysmoprognostik monitoring ishlarini izchil amalga oshirish, bu borada samarali mexanizmlarni yo‘lga qo‘yishda o‘ziga xos omillardan bo‘lib xizmat qilmoqda va yangi 2018- yilda ham umid qilamizki, ayni yo‘nalishdagi tadbirlarimiz sifat va mazmun jihatdan yanada takomillashtiriladi. Bu yo‘lda barcha hamkasblarimizga mustahkam salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Yangi 2018 yil barchamizga yangi omad va muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin.

So‘ngra bayram go‘zal kuy – ko‘shiqlar, sher’lar, o‘yin – kulgular bilan davom etdi. Xalqimizda bir gap bor, yangi yilni kanday kayfiyat bilan boshlasang yil davomida mana shu kayfiyat hamrox bo‘ladi. Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tomonidan tashkillangan bayram juda ham sermazmun o‘tdi. Bayram bazmidan markazning har bir xodimi g‘ayrat va shijoatga to‘ldi. Yangi yil yangi orzular, oppoq qordek beg‘ubor, sof tuyg‘ular nishonasidir. Yangi yil kechasida barcha bir-biriga ezgu tilaklar tiladi. Yaxshi niyatlar ila bayram kechasi yakuniga yetdi.